Bugun Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Vasiylik kengashi raisi lavozimiga Fond direktori sifatida ishlab kelayotgan Akramjon Fozilovning nomzodi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Jurnalistika va kommunikatsiya sohasida tajribaga ega Jahongir Azimov Mass-media fondi direktori etib tayinlandi.
Bugun Mass-media fondi “Ekolog” jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Vebster universitetida “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda OAV va ta’limning o‘rni” mavzusida media yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi.
Asosiy e’tibor ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va tabiatni asrash bilan bog‘liq barcha muhim fikrlarni keng jamoatchilik e’tiboriga to‘g‘ri yetkazishda OAVning roliga qaratildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni ekologik harakatga keng jalb etish, ularning ekologik muammolarga oid bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘lajak media mutaxassislari sifatida talabalarda ushbu mavzu bo‘yicha faol pozitsiyani shakllantirishdan iborat edi. Fond direktori A.Fozilov o‘z nutqida OAV atrof-muhitning bugungi holati, ekotizimning ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida ma’lumot yetkazish orqali keng jamoatchilikni muammo ko‘lamini anglab, uning jiddiyligini his etib, ekologik vaziyatni yaxshilash yo‘lida harakat qilishga undashi mumkinligini ta’kidladi.
Bugun Toshkentda “Jurnalist etikasi va OAVning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan tashkil etildi. Unda milliy va xorijiy jurnalistlar, blogerlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalqaro tashkilotlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar vakillari ishtirok etdi.
Bugun Mass-media fondi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Iqlim o‘zgarishi: barqaror kelajakni shakllantirishda ommaviy axborot vositalari va ta’limning roli” mavzusida davra suhbatini o‘tkazdi.
Tadbirda professional ekologlar va ekofaollar, atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha xorijiy ekspertlar, poytaxtimizdagi turli oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari, jurnalistlar va ekoblogerlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Turkistondagi jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.