Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash
va rivojlantirish jamoat fondi

Jamoat fondimizning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdir.

Fond haqida

Batafsil
Biz jurnalist va blogerlarga qanday yordam bera olamiz?
Yangi mexanizmlar
Jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Keng sharoitlar
Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko‘rsatish jamoat fondining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Yangiliklar

Fondimiz faoliyatidagi yangiliklar
12 - Noyabr, 2025

Mass-media fondida EXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mass-media fondida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Yan Bratu boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

17 - Oktyabr, 2025

Toshkentda “Milee” mediasavodxonlik bo‘yicha ta’lim platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Mo‘g‘ulistonning Faro Foundation nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Germaniyaning “Deutsche Welle Akademie” median rivojlantirish tashkiloti ko‘magida ishlab chiqilgan “Milee” ta’lim platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mass-media fondi ushbu tadbirni tashkillashtirishda ko‘maklashdi.

17 - Oktyabr, 2025

Media yoshlarning ruhiy salomatligi mavzusidagi stigmalarni bartaraf etishda katalizator bo‘lishi mumkin

Mass-media fondi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda bolalar va o‘smirlarning ruhiy salomatligi bilan bog‘liq masalalarni yoritish bo‘yicha OAV xodimlari va blogerlar uchun brifing o‘tkazdi. Tadbir 10-oktyabrda nishonlanadigan Jahon ruhiy salomatlik kuniga bag‘ishlandi.

26 - Iyun, 2025

Mass-media fondi va Milliy media birlashmasi hududiy OAV uchun intervyu olish texnikasi bo‘yicha trening o‘tkazdi

Mass-media fondi O‘zbekiston milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda hududiy OAV jurnalistlari uchun intervyuga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikda trening tashkil etdi.

10 - Iyun, 2025

Virtual olamda o‘smirlarni himoya qilish: Yosh avlod xavfsizligini qanday ta’minlash mumkin

Toshkentda yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Mass-media fondi va Meta kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

28 - May, 2025

Jurnalistlar uchun sun'iy intellektning media sohasida qo'llanilishi masalalariga bag'ishlangan trening o'tkazildi

Fond Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda jurnalistlar uchun sun'iy intellektning media sohasida qo'llanilishi masalalariga bag'ishlangan trening tashkil etildi. Tadbirda matn, audio va video kontent yaratish, faktlarni tekshirish uchun AI dasturlaridan foydalanish ko'rsatildi.