Mass-media fondida EXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12 - Noyabr, 2025
Meeting with Ambassador Jan Braathu-10

Tomonlar O‘zbekistonda media sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati vakillarining ahamiyati, shuningdek, jurnalistlarning malakasini oshirish muhimligini muhokama qildilar.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, raqamli media va sun’iy intellekt davrida shiddat bilan o‘zgarib borayotgan voqeliklarga alohida to‘xtaldilar. Xususan, tobora rivojlanib va takomillashib borayotgan sun’iy intellekt yaratayotgan imkoniyatlar va chaqiriqlar muhokama qilindi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring