OAV uchun imtiyozlar va preferensiyalar ular faoliyatini jonlantirish uchun rag‘bat vositasidir

21 - Oktyabr, 2020

23 oktyabr kuni Mass-media fondida bloger va jurnalistlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda pandemiya davrida qiyin vaziyatga tushib qolgan OAVga yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu masala juda dolzarbdir, chunki pandemiya davrida ko‘plab nashrlar, ayniqsa anʼanaviy bosma nashrlar moliyaviy qiyin vaziyatga tushib qoldi. Radioeshittirish va boshqa elektron Mass-media sohasida ham qiyinchiliklar mavjud. Shu bilan birga, ilgari berilgan imtiyoz va preferensiyalarning muddati tugagan.

Uchrashuv ishtirokchilari taqdim etilgan takliflar yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi va tavsiyalar berdi. Ulardan olingan barcha maʼlumotlar tahlil qilinadi va hisobga olinadi, shundan so‘ng takliflar kiritilgan hujjat qayta ko‘rib chiqilib, tegishli idoralarga yuboriladi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring