Bishkekda texnologiyalar yordamida amalga oshiriluvchi gender asosidagi zo‘ravonlikka (TFGBV) qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi

26 - Iyul, 2024
sheleads

Mass-media fondi vakillari 2024-yil 22-26-iyul kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida texnologiyalar yordamida amalga oshiriluvchi gender asosidagi zo‘ravonlik (TFGBV) bo‘yicha mintaqaviy o‘quv seminarida ishtirok etishdi. "SHE LEADS" loyihasi doirasida “Search for Common Ground” xalqaro nodavlat tashkiloti mintaqaviy ofisi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Pokiston vakillari ishtirok etishdi. 


O‘zbekiston tomonidan tadbirda, shuningdek, bo‘lajak raqamli styuardlar - xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi onlayn guruhlarning moderatorlari va ma’murlari ham ishtirok etishdi. 


Seminar doirasida zamonaviy raqamli muhit, onlayn zo‘ravonlik hamda ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarni boshqarish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar xavfsiz raqamli makonni yaratish, dezinformatsiyaga qarshi kurash va raqamli yetakchilikni rivojlantirish sohasidagi bilimlarini kengaytirdilar. 


"SHE LEADS" loyihasi texnologiyalar yordamida amalga oshiriluvchi gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi tashabbuslarini ilgari surish, xavfsiz raqamli makon yaratishni targ‘ib qilish hamda Janubiy va Markaziy Osiyoda xotin-qizlarning onlayn faolligini oshirishga qaratilgan.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring