Toshkentda “Milee” mediasavodxonlik bo‘yicha ta’lim platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

17 - Oktyabr, 2025
milee-app-launch-01

Mediasavodxonlikning ahamiyati haqida gapirganda, odatda, u turli manbalardan kelayotgan ma’lumotlarni tanqidiy baholash uchun zarurligiga e’tibor qaratiladi. Mediasavodxonlik axborot madaniyati darajasini oshiradi va dezinformatsiyadan himoya qiladi. Biroq, bu tushuncha nafaqat iste’mol qilinadigan kontent bilan ishlashni, balki raqamli makonda ishlash qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi. Masalan, davlat organlariga onlayn murojaat qilish uchun hech bo‘lmaganda mediasavodxonlikning birlamchi ko‘nikmalari zarur hisoblanadi.

“Milee” ilovasi aynan shunday platforma bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad keng aholi ommasining mediasavodxonligini oshirishdan iboratdir.

Shunisi e’tiborga loyiqki, O‘zbekistonda ta’lim kontentini yaratish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday tashkilot moderatsiyadan so‘ng o‘z resurslarini ishlab chiqishi va platformaga yuklashi mumkin, asosiysi, mazkur materiallar u yoki bu sohada mediasavodxonlikni oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring