Fondda Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashuv

17 - Sentyabr, 2020

Bugun Mass-media fondining rahbariyati va xodimlari Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Torlot bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Fond tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama etildi, pandemiya davrida yolg‘on axborot tarqatilishiga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar va qiyin vaziyatga tushib qolgan jurnalistlarga ko‘rsatilgan ko‘mak haqida maʼlumot taqdim etildi.

OAV faoliyatining erkinligi masalasi atroflicha muhokama etildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan boshlangan OAV faoliyatini liberallashtirish va va so‘z erkinligini taʼminlash ishlari davom ettirilayotgani taʼkidlandi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish, so‘z va OAV erkinligini rivojlantirish, ekologik masalalarni yorituvchi jurnalistlar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonda xalqaro ekspertlar ishtirokida yirik konferensiyalar o‘tkazishga kelishib olishdi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring