Mass-media fondi va UNICEF O‘zbekistonda bolalar huquqlarini targ‘ib qilishda OAV rolini kuchaytirishga kelishib oldi

22 - Aprel, 2025
unicef - 1

Bugun Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda media sohasini yanada rivojlantirish hamda OAVning bolalar huquqlarini targ‘ib qilishdagi rolini kuchaytirishga qaratiladi.

Memorandum doirasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun turli formatdagi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, bolalar bilan bog‘liq mavzularni yanada professional darajada yoritishga ko‘maklashish maqsadida ommaviy axborot vositalari uchun maxsus amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring