Mass-media fondida jurnalist va blogerlar uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan bog‘liq mavzularni OAVda to‘g‘ri yoritishga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘tkazildi.

9-10-aprel kunlari Mass-media fondida jurnalist va blogerlar uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan bog‘liq mavzularni OAVda to‘g‘ri yoritishga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi mutaxassislari ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar.
Treningda nafaqat to‘g‘ri terminologiyadan foydalanish va nogironligi bo‘lgan shaxslar haqidagi stereotiplarga qarshi kurashish masalalariga, balki jurnalistik materiallarni tayyorlashda ular bilan muloqot madaniyatining nozik jihatlariga ham katta e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ma’ruzachilar nogironlik — bu hukm emasligini ta’kidlab o‘tishdi. Zarur sharoitlar, tegishli infratuzilma, shuningdek, axborotdan foydalanish imkoniyati yaratilganda, ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatga to‘liq integratsiyalashishi, o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi va ijtimoiy hayotning turli sohalariga sezilarli hissa qo‘shishi mumkin.