Mass-media fondi jurnalistika sohasi faxriylariga yordam ko‘rsatadi

23 - Aprel, 2020
Mass-media fondi jurnalistika sohasi faxriylariga yordam ko‘rsatadi

«Xavfsiz yordam» loyihasini davom ettirgan holda jurnalistika va telekommunikatsiya sohasining 100 nafar vakillari ro‘yxatini shakllantirildi. Mazkur ro‘yxatning asosini jurnalistika sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar tashkil qildi, shuningdek salomatligini tiklash uchun davolanayotgan hamda turli oilaviy sabablarga ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan jurnalistlar ham kiritildi. Ro‘yxatni shakllantirishda, tegishli tashkilotlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi jurnalistlar guruhlari yaqindan yordam berishdi.

Fond tomonidan ro‘yxatdagilarga ikki bosqichda jami 150 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Xususan, birinchi bosqichda ularning uylariga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami yetkazilish boshlangan bo‘lsa, keyingi bosqichda ularning har biriga maxsus plastik kartochkalarda 1 mln so‘mdan pul mablag‘lari taqdim etiladi.

Biz bugungi sinovli kunlarda moddiy yordamga muhtoj hamkasblarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni o‘z burchimiz deb bilamiz.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring