Jurnalistlar uchun sun'iy intellektning media sohasida qo'llanilishi masalalariga bag'ishlangan trening o'tkazildi
Bugun Mass-media fondi ofisida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda jurnalistlar uchun sun’iy intellektning jurnalistikada qo‘llanilishi masalalariga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi.
Tadbir qatnashchilari sun’iy intellektning media kontent yaratish jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi bilan tanishdilar. Ma’ruzachilar matn, audio va video materiallar bilan ishlash hamda faktlarni tekshirish uchun amaliy dasturlarni ko‘rsatdilar.
Vazirlik vakillari mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berishdi.
Tadbir O‘zbekiston jurnalistikasida sun’iy intellektning kelajagi va undan foydalanishning axloqiy masalalari bo‘yicha muhokama bilan yakunlandi.