Fond rahbariyatining Qarshi shahriga tashrifi

27 - Yanvar, 2021

27-yanvar kuni Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyev Qarshiga tashrif buyurishdi

Qashqadaryoda «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida bolalarni tekshirish bo‘yicha xayriya aksiyasining borishi bilan tanishish maqsadida S.Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatidagi Oftalmologik kasalxonaga tashrif buyurdi. Unda zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilarining ko‘rish qobiliyatini yaxshilash imkoniyatlari tekshirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Xayriya tadbirining birinchi bosqichi yakunlanish arafasida. Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 2 964 bola – 96% ko‘rikdan o‘tkazildi. 478 nafar bolaning ko‘rish qobiliyati jarrohlik amaliyoti yordamida yaxshilanishi aniqlandi. Ular uchun 630 ta ko‘z operasiyasi o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqichda Respublika ixtisoslashtirilgan mikroxirurgiya markazi mutaxassislari ko‘magida operasiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarning ko‘zlari kerakli jarrohlik amaliyoti murakkabligi toifalariga bo‘linadi. Shunga asoslanib, bolalarning bir qismi hududlarda, ba’zilari Toshkentda operasiya qilinadi va davolash uchun chet eldan mutaxassislar jalb qilinadi.

Shuningdek, S.Mirziyoyeva zaif koʻruvchi va ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 18-sonli maktab internatda bo‘ldi. O‘quvchilar o‘z musiqiy iste’dodlarini namoyish etish uchun mini-konsert uyushtirdilar. Saida Mirziyoyeva o‘quv jarayoni va bolalarning sinfdan tashqari hayoti qanday tashkil etilishi bilan tanishdi. Maktabning o‘z kutubxonasi mavjud. Hozirda o‘quv muassasasi ta’mirlanmoqda, bu esa maktabni o‘quvchilar ehtiyojiga yanada moslashtirishga sabab bo‘ladi.

Qarshi shahriga tashrifi chog‘ida Fond rahbariyati Qashqadaryolik mass-media rahbarlar, jurnalistlar va mashhur blogerlar bilan uchrashdi. Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarining ishlari, ularni tashvishga solayotgan masalalar va rejalari haqida so‘zlab berishdi. Jonli fikr almashish barcha uchun foydali bo‘ldi.


Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring