Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Akramjon Fozilov Al Jazeera Media Network bosh direktori Souag bilan uchrashuv o‘tkazdi

15 - Aprel, 2025
al jazeera - 1

Bugun Mass-media fondida Bosh direktor Mustafo Souag boshchiligidagi "Al Jazeera Media Network" media-xoldingi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Hamkorlik istiqbollari, shu jumladan, Al Jazeera Media instituti negizida o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun o‘quv dasturlari va treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘z faoliyatlari haqida ma’lumot almashishdi. Fond tomonidan milliy OAVni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar haqida ma’lumot berildi. Al Jazeera vakillari esa media mutaxassislarni tayyorlash borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida media ta’limi va kasbiy almashinuv sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring