4-5-oktyabr kunlari Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Akramjon Fozilov Varshavada (Polsha) bo‘lib o‘tgan “Inson o‘lchovi” konferensiyasining yalpi majlisida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

06 - Oktyabr, 2023
varshava3

Ma’ruza mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari erkinligining bugungi kundagi holati hamda Fondning O‘zbekistonda mustaqil media va jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha huquqiy bazani mustahkamlashga qaratilgan faoliyatiga bag‘ishlandi. Jurnalist va blogerlarning erkinligi va xavfsizligini taʼminlash uchun ularning media va huquqiy savodxonligini oshirish zarurligi alohida taʼkidlandi.


"Inson o'lchovi" bo'yicha 2023-yilgi Varshava konferensiyasi 13-oktyabrgacha davom etadi. Konferensiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)da Shimoliy Makedoniya raisligi doirasida YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur noyob platforma doirasida tashkilotga aʼzo 57 ta davlat rasmiylari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari inson huquqlari, soʻz va matbuot erkinligi bilan bogʻliq muhim masalalarni muhokama qiladilar.


Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring