Farg‘onada SHE LEADS loyihasi doirasida gender zo‘ravonligiga qarshi kurashga bag‘ishlangan trening yakunlandi

06 - Noyabr, 2024
ferghana - 1

Bugun Farg‘onada SHE LEADS loyihasi doirasida Mass-media Fondi va Search for Common Ground xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik trening o‘z yakuniga yetdi. Ma’ruzachilar sifatida maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tagan Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan milliy hamkorlar ishtirok etdilar.


Trening raqamli makonda gender zo‘ravonligiga qarshi kurashish mavzusiga bag‘ishlandi. Unda 30 dan ortiq kishi: mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, ijtimoiy tarmoqlar moderatorlari va gender tengligi sohasida faoliyat yurituvchi faollar qatnashdi.


Ushbu tadbir SHE LEADS loyihasini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi, chunki u bilimlarni uzatishning ko‘paytiruvchi ta’siri imkoniyatlarini amalda namoyish etdi. Bunday treninglar tufayli O‘zbekistonda raqamli savodxonlikni oshirish va xavfsiz internet makonini yaratishga qaratilgan media mutaxassislarni qamrab olish ko‘lami sezilarli darajada kengaymoqda.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring