Toshkent viloyatida gender zo‘ravonlik bilan bog'liq sud ishlarni yoritish bo‘yicha ikki kunlik trening o‘tkazildi

25 - Dekabr, 2024
gbv-10

24–25-dekabr kunlari Toshkent viloyatida sudlar matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun gender zo‘ravonlikka oid sud jarayonlarini to‘g‘ri yoritish mavzusida ikki kunlik trening tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, USAID, “East-West Management Institute” nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali, AOKA va Mass-media fondi hamkorligida o‘tkazildi.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad sudlar axborot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish hamda ushbu muhim mavzuni yoritishda sud tizimi, ommaviy axborot vositalari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat edi.

Tadbir dasturi nazariy qism - ma’ruza va taqdimotlar, shuningdek, real misollarni tahlil qilish bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar gender stereotiplarning sabablarini, zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish masalalarini va media bilan samarali hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Bunday nozik mavzularni axloqiy me’yorlarga rioya qilgan holda yoritish hamda kasbiy mahoratni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring