Saida Mirziyoeva Butunjahon ayollar forumida ishtirok etdi

16 - Fevral, 2020
Saida Mirziyoeva Butunjahon ayollar forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 16-17 fevral kunlari Dubayda Global ayollar forumi bo'lib o'tdi, unda 87 mamlakatdan 3000 delegat ishtirok etdi. Tadbirni BAA vitse-prezidenti, bosh vazir va Dubay amiri shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum olib bordi.

Global ayollar forumi — bu dunyo yetakchilari va mutaxassislarini faol jalb qiladigan yetakchi global platformadir.

Forumning dastlabki kunida Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash komissiyasi aʼzosi, Milliy mass-mediani qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o’rinbosari Saida Mirziyoyeva nutq soʻzladi.

Saida Mirziyoyeva o'z nutqida «o'zbek ayollarining butun dunyoga aytadigan so'zlari borligi, ular insoniyatning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shishi mumkin»ligiga ishonch bildirdi.

“Oʻzbekistonning uzoq tarixi – ayollarimizning ham oʻtmishidir. Shoirlar, davlat rasmiylari, diplomatlar, muhandislar, hamshiralar, rafiqa va onalar. Bu nozik sharqona sanʼat boʻladimi, yoki qatʼiy va aniq fanlarmi – oʻzbek ayollari barcha sohalarda aʼlo darajada ilgarilab borishdi, ammo soyada qolib kelishdi.

Ularga boshlarini baland koʻtarib, oʻz qobiliyatlari va mahoratlarini qoʻrqmay, cheklovlarsiz koʻrsata olish imkonini beradigan vaqt keldi”, - deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva. 

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva so'zining oxirida bizning ayollarimiz dunyo taraqqiyotiga hissa qo'shishga qodirligini va bizning vazifamiz bunga qulay shart-sharoitlarni yaratish ekanligini qo'shimcha qildi. Eng qiyin vazifa — bu ayollarni eng yaxshisiga munosib ekanliklariga ishontirish. Oldimizda qiyin yo'l turibdi, ammo u bunga arziydi. Biz ayollarning salohiyatini oshirish bilan, millatni, butun insoniyatning kuchini mustahkamlaymiz.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring