Jurnalistlar, blogerlar va UNICEFning O‘zbekistondagi ekspertlari bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning ahamiyatini muhokama qildilar

22 - Aprel, 2025
unicef training - 1

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda jurnalist va blogerlar ishtirokida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish” mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida Fond Vasiylik kengashi raisi Akrom Fozilov va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio so‘zga chiqdi.

Tadbir davomida ekspertlar ishtirokchilarga “zo‘ravonlikka qarshi kurash emas, balki uning profilaktikasi bilan shug‘ullanish samaradorroq” ekanligi va bu jahon tajribasida o‘z isbotini topganligi haqida ma’lumot berishdi. Shu bilan birga, mazkur mavzuni mas’uliyat bilan yoritish hamda tegishli qonunchilik va bola huquqlarini targ‘ib qilish orqali bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring