Bugun Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov OAV vakillari va blogerlar ishtirokida joriy yil 1-oktyabrdan kutilayotgan yuridik shaxslar uchun gaz va elektr energiyasi narxlarini erkinlashtirish masalasi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi.

11 - Sentyabr, 2023

Vazir Navoiy, Olmaliq KMK va boshqa yirik sanoat korxonalari uchun elektr energiyasi narxi 1 kVt/soat uchun 1000 so‘mgacha, boshqa yuridik shaxslar uchun esa 900 so‘mgacha oshishini ta’kidladi. Yirik korxonalar va budjet tashkilotlari uchun gaz narxi 2,7 baravarga - bir kubometr uchun 1800 so‘mgacha oshishi ma’lum qilindi. Boshqa korxona va tashkilotlar uchun esa narx 2,3 barobarga – 1500 so‘mgacha oshiriladi.


Vazirning taʼkidlashicha, aholi uchun narxlar oʻzgarishi iste’molchilarni barqaror energiya bilan ta’minlash sharti bilan 2024-yil bahorida kuchga kirishi mumkin. Bunda 1 kVt/soat narxi 450-500 so‘m bo‘lishi rejalashtirilgan.


Jo‘rabek Mirzamahmudov, shuningdek, hozirda aholining 85 foizi oyiga 300 kVt/soatdan ko‘p bo‘lmagan elektr energiyasi iste’mol qilishini, biroq qolgan 15 foiz uy xo‘jaliklarining elektr energiyasi iste’moli yuqorida tilga olingan 85 foiz aholi bilan deyarli bir xil miqdorda ekanini ta’kidladi.


Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring