Mass-media coworking

Jurnalistlar va blogerlar uchun kompyuter va ofis texnikalari bilan jihozlangan, yuqori tezlikdagi internet xizmatlari, biznes uchrashuvlari, seminar va anjumanlar o‘tkazish joylari bilan taʼminlangan qulay va zamonaviy coworking - Mass-media coworking markazi tashkil qilinadi. Mass-media coworking markazining asosiy afzalligi – bu dasturlar, vloglarni suratga olish va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish imkonini beradigan zamonaviy va yuqori texnologiyali media-studiyaning mavjud bo‘lishidadir.

Coworking-markazlarining eshiklari jurnalistlar va blogerlar, frilanserlar, shu yo‘nalishda tahsil oladigan talabalar hamda mass-media sohasiga qiziquvchi barcha shaxslar uchun ochiq bo‘ladi. Loyiha shaxsiy ofis yoki studiyasini ochish imkoniyati bo‘lmagan insonlarga qulay sharoitlar yaratishga qaratiladi.

Coworking markazlarini tashkil etish davomida Toshkent shahri hamda boshqa viloyatlardagi mavjud bino va inshootlarni qayta jihozlash imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring