UzVloger

Jahon tajribasi asosida YouTube servisida jurnalistlar va blogerlar, shuningdek, mashhur bo‘lgan video-kontent yaratuvchilarini o‘z ichiga olgan o‘zbek video-blogerlari jamiyatini tashkil etish. Avto, pazandachilik, tibbiyot, shou-biznes, IT, turizm, yangiliklar va boshqa shu kabi sohalarni qamrab olish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, har bir blogerga yangi (intervyu, byuti-bloglar va boshqa) info-mahsulotlarni ishlab chiqish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Yagona platforma bozorning barcha ishtirokchilarini birlashtirish imkonini beradi. Platforma mashhur video-blogerlar reytingini tuzish bilan, shuningdek, o‘z media-mahsulotini yaratish arafasida turganlarga amaliy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. 

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring