Azimov Jahongir Baxodir o‘g‘li
Fond direktori
Ma’lumoti:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” fakultetini tamomlagan (2011-2016).
2014-2015-yillarda “Global UGRAD” talabalar almashinuvi dasturi doirasida Nyu-Meksiko universitetida (AQSh) “Media va kommunikatsiyalar” bo‘yicha tahsil olgan.
2022-yilda “Fulbright” dasturi doirasida Alabama universitetida (AQSh) jurnalistika bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Ish tajribasi:
Media va jurnalistika sohasida o‘n yildan ortiq ish tajribasiga ega. “Gazeta.uz” onlayn nashri va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligida jurnalist faoliyat olib borgan. 2022-2024-yillarda Toshkentdagi Vebster universitetida media yo‘nalishi talabalariga dars bergan.
O‘zbek, ingliz va rus tillarini biladi.