29 - Sentyabr, 2023

Kuni kecha Toshkent viloyatida “Sud tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun uch kunlik seminar-trening (https://t.me/oliysuduz/33474) o‘z ishini boshladi.

11 - Sentyabr, 2023

Bugun Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov OAV vakillari va blogerlar ishtirokida joriy yil 1-oktyabrdan kutilayotgan yuridik shaxslar uchun gaz va elektr energiyasi narxlarini erkinlashtirish masalasi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi.

Vazirning taʼkidlashicha, aholi uchun narxlar oʻzgarishi iste’molchilarni barqaror energiya bilan ta’minlash sharti bilan 2024-yil bahorida kuchga kirishi mumkin. Bunda 1 kVt/soat narxi 450-500 so‘m bo‘lishi rejalashtirilgan.

25 - Avgust, 2023

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ijtimoiy tarmoq texnologiyalari, ularning kontent-meyker va jurnalistlar faoliyatiga ta’siri, shuningdek, bunda foydalanuvchilar qamrovi va faolligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

17 - Avgust, 2023

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalarida samarali boshqaruv bo‘yicha seminar-trening o‘tkazdi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalarida samarali boshqaruv bo‘yicha seminar-trening o‘tkazdi.

10 - Iyul, 2023

Bugun Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda “Raqamlashtirish davrida ommaviy axborot vositalari erkinligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

22 - Iyun, 2023

21-iyun kuni Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova va fond direktori Akramjon Fozilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Bosh kotibi ofisining gender masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Lara Skarpitta xonim va YXHTning gender tengligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Elmaya Bavchich xonim bilan uchrashdi.

Skarpitta xonim: “Zo'ravonlik qattiq jazolanishi kerak. Bu borada O‘zbekiston ayollar va voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha yangi qonunni qabul qilish orqali muhim qadam tashladi”, deya ta'kidladi. “Davlat yangi qonunni qabul qilish orqali ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashayotgani haqida aniq xabar berdi. Endi buni amalda ko‘rsatish kerak”, — dedi Fond Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova. Tomonlar, shuningdek, qabul qilingan qonunning to‘liq ijrosini ta’minlash masalalari hamda bu borada medianing rolini muhokama qilishdi.