Mass-media fondida EXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mass-media fondida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Yan Bratu boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Media yoshlarning ruhiy salomatligi mavzusidagi stigmalarni bartaraf etishda katalizator bo‘lishi mumkin
Mass-media fondi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda bolalar va o‘smirlarning ruhiy salomatligi bilan bog‘liq masalalarni yoritish bo‘yicha OAV xodimlari va blogerlar uchun brifing o‘tkazdi. Tadbir 10-oktyabrda nishonlanadigan Jahon ruhiy salomatlik kuniga bag‘ishlandi.
Toshkentda “Milee” mediasavodxonlik bo‘yicha ta’lim platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Mo‘g‘ulistonning Faro Foundation nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Germaniyaning “Deutsche Welle Akademie” median rivojlantirish tashkiloti ko‘magida ishlab chiqilgan “Milee” ta’lim platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mass-media fondi ushbu tadbirni tashkillashtirishda ko‘maklashdi.
Mass-media fondi va Milliy media birlashmasi hududiy OAV uchun intervyu olish texnikasi bo‘yicha trening o‘tkazdi
Mass-media fondi O‘zbekiston milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda hududiy OAV jurnalistlari uchun intervyuga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikda trening tashkil etdi.
Virtual olamda o‘smirlarni himoya qilish: Yosh avlod xavfsizligini qanday ta’minlash mumkin
Toshkentda yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Mass-media fondi va Meta kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.
Jurnalistlar uchun sun'iy intellektning media sohasida qo'llanilishi masalalariga bag'ishlangan trening o'tkazildi
Fond Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda jurnalistlar uchun sun'iy intellektning media sohasida qo'llanilishi masalalariga bag'ishlangan trening tashkil etildi. Tadbirda matn, audio va video kontent yaratish, faktlarni tekshirish uchun AI dasturlaridan foydalanish ko'rsatildi.
Mass-media fondi, O‘zJOKU, hamda Milliy media birlashmasi “Media Job Fair – 2025” – media sohasidagi mehnat yarmarkasini o‘tkazishdi
2025-yil 29-aprel kuni “Media Job Fair – 2025” – media sohasidagi mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Milliy media birlashmasi tomonidan tashkil etildi.
Media Job Fair – 2025: Media sohasidagi mehnat yarmarkasiga taklif etamiz!
29-aprel kuni Toshkent shahrida Media Job Fair – 2025 mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari, vazirliklar va idoralar matbuot xizmatlari hamda korporativ sektor vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilish, shuningdek, media mutaxassislarining mahorat darslarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Jurnalistlar, blogerlar va UNICEFning O‘zbekistondagi ekspertlari bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning ahamiyatini muhokama qildilar
Mass-media fondi binosida milliy ommaviy axborot vositalari jurnalistlari uchun Mass-media fondi va BMTning O‘zbekistondagi Bolalar jamg‘armasi tomonida bolalar huquqlarini, jumladan, zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqini ta’minlashga oid mavzularni yoritishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Mass-media fondi va UNICEF O‘zbekistonda bolalar huquqlarini targ‘ib qilishda OAV rolini kuchaytirishga kelishib oldi
Mass-media fondi va UNICEF o‘rtasida jurnalistlar va blogerlarning bolalar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha bilimlarini oshirishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.